O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Oilaviy bolalar uylariga tashrifi.

23.6.2022 1878

Kuni kecha Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) A.Yunusova, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili-kotibiyatining Bola huquqlarini taʼminlash sektori mudiri S.Rahmatov hamda “Mehribonlik” bolalar muassasalari bilan ishlash boshqarmasi vakili podpolkovnik B.Ashirmatova Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad bolalarning yashash sharoiti, ularning ota-onalari va boshqa bolalar bilan munosabatlari, yozgi taʼtilni qanday o‘tkazayotganligi hamda bo‘sh vaqtlarida qanday mashg‘ulotlar bilan bandligini o‘rganish. Shu bilan birga, Ota-onalar va bolalar bilan bo‘lgan suhbatda yangi oilalardagi muhit hamda bolajonlarga bo‘layotgan munosabatlar o‘rganildi.

Shu kungacha A.Yunusova boshchiligidagi delegatsiya 5 ta xonadonga tashrif buyurdi. Bular Xo‘jayli tumanida yashovchi 6 nafar farzandni o‘z bag‘riga olgan Jamshid O‘razboyevich va Dilnoza Ibragimovna, 5 nafar farzandni tarbiyalayotgan O‘razbay Xajabaevich va Tursunova Muyassar hamda 6 nafar qizni tarbiyalayotgan Xalmurat Sultonmuratovich va Gulbahor Jumaboevnalar oilasi.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani ham Taxiatosh tumanida istiqomat qiluvchi ikki oila: 5 nafar farzandni tarbiyalagan Dildora Baxtiyarovna va Bekzod Muratbayevich hamda 7 nafar farzand tarbiyasi bilan band bo‘lgan Allabay Markabayevich va Arzimova Juzumgullar xonadonida bo‘ldi.

Do‘stona muhitda bo‘lgan suhbatda sog‘lomlashtirish oromgohlarida hordiq chiqargan bolajonlar o‘z taassurotlarini mehmonlarga so‘zlab berdi.

Ayni paytda oromgohga qadar vaqt bor. Bolalar fursatdan foydalanib, o‘z qo‘llari bilan qo‘g‘irchoqlar yasashni, turli mavzularda rasmlar chizishni, shuningdek, cholg‘u asboblarida kuylar chalib qo‘shiqlar kuylashni o‘rganmoqda.

Uchrashuv so‘nggida Bolalar ombudsmani bolalarga badiiy va o‘quv adabiyotlari to‘plamini sovg‘a qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida A.Yunusova Taxiatosh tumanida joylashgan Bolalar uyida ham bo‘lib, u yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi va tibbiyot xodimlari bilan mavjud bo‘lgan muammolar hamda ehtiyojlar haqida suhbatlashdi.