Toshkentlik Atayevlar oilasi hayotidagi muhim voqea tavsilotlarini Milliy gvardiya Axborot xizmatiga yo`lladi: ularning farzandi Humayra Renessans telekanali dasturining bosh qahramoniga aylandi.
Humayra oʻz hikoyasida Mehribonlik uyida qay sharoitda yashaganini, ota-onasi hamda o`z oilasi bo`lishini, shuningdek, doim yaqinlari davrasida dam olishni orzu qilganini va hozirda bu niyatlari amalga oshganligini soʻzlab berdi.
-"Menga ota-onamning bir-birlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishlari yoqadi", deydi u. - Otam onamga har qanday ishda ko`maklashadi, chunki onamning bir o`ziga uy yumushlarini qilish, bola parvarishlash, ovqat pishirish, tozalash qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Chunki onam ham davlat ishida ishlaydi. Otamning onamga yordam berayotganini ko`rsam ich-ichimdan quvonaman. Otam bizga ham juda mehribonlar va biz doim ularning himoyasida ekanligimizni his qilamiz."
Dasturda Humayra otasi haqida qoʻshiq kuyladi. Bu chiqish qizaloqning debyuti edi va ishonamizki, porloq kelajak egasi katta sahnalarda ham mana shunday ta`sirli qo`shiqlar kuylashda davom etadi.