Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida bo‘lishdi. Ishtirokchilarga Milliy gvardiya hamda Qo‘riqlash xizmati faoliyati, maxsus texnika va jihozlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Hududlar xavfsizligi, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash borasida Milliy gvardiya bo‘linmalarining asosiy yo‘nalishlari aytib o‘tildi. Tadbir doirasida xizmat otlari vazifalar xususida maʼlumotlar berilib, yoshlar otda sayr qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
Kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslari o‘tilib, o‘g‘il-qizlar mazkur merganlar sporti haqida tushunchalarga ega bo‘ldilar hamda amaliy tarzda mashg‘ulotlarda o‘zlarini sinab ko‘rdilar.
Shuningdek, o‘g‘il-qizlar o‘rtasida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar uyushtirildi.
Harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilingani esa barchaga birdek manzur bo‘ldi.