Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasida 300dan ortiq yoshlar ishtirokida kelajak avlodni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida, harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida "Xalq va armiya - bir tanu bir jon!" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Tadbir doirasida yoshlarga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar qudrati hamda ma'naviy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tinchlik va osoyishtalik naqadar muhimligini yetkazishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi chiqishlari va qurol-aslaha ko‘rgazmalari bilan yoshlarda katta qiziqish va taassurotlar qoldirdi.