Kuni kecha Atayevlar oilasida tarbiyalanayotgan Aleksey 15 yoshga to‘ldi. Ota-onasi undan tug‘ilgan kunni qanday nishonlashni istashini so‘raganida, Aleksey yangi oilasi bilan o‘zi tarbiyalangan 22-sonli Mehribonlik uyida o‘tkazishni xohlashini aytdi. Axir, bolalar, tarbiyachilar va muassasaning barcha xodimlari Aleksey uchun oila aʼzolaridek bo‘lib qolgan.
Natijada Atayevlar oilasi Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Mazkur maskanda Alekseyning tug‘ilgan kuniga o‘zgacha tayyorgarlik hozirlangan edi.
Hamma birgalikda qo‘shiqlar kuylab, Alekseyga eng yaxshi tilaklarni bildirishdi.