Navbatdagi psixologik treninglar Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi mutaxassis-psixologlari tomonidan Joʻrayev, Behbutov va Ochilovlar xonadonida oʻtkazildi.
Yakka va guruh tartibdagi suhbatlar nafaqat bolalar bilan, balki ularning ota-onalari bilan ham boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida psixologlar bolalardan qiziqishlari, maqsadlari haqida soʻradi.
Ota-onalar ham oʻz navbatida, yaqinda voyaga etgan oʻsmirlarga mustaqil hayot sari ilk qadamlarini qoʻyishda qanday yordam berish mumkinligi boʻyicha tavsiyalar oldilar. Shuningdek, ota-onalarga bolalar oʻz fikrlarini bildirishini taqiqlash mumkin emasligi va tortishuvlarni janjal darajasiga olib kelmasdan ularni oʻrtoqlari bilan konstruktiv suhbat qurishga qanday oʻrgatish kerakligi tushuntirildi.