Joriy yilning 27 aprel kuni Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan Xo‘jayli tumanidagi oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tarbiyalanayotgan bolalarning holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, ularning taʼlim tarbiyasi, o‘qish jarayonlari va o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida qiziqishlari bo‘yicha nimalar bilan band bo‘lishlari to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazildi. Oilaviy bolalar uylari farzandlari ham o‘z navbatida o‘zlarining vaqtlarini ajratib xabar olishga kelgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirdi.