Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan ijtimoiy himoya va sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda viloyatda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylari farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Bolalar yetakchi mutaxassislar – pediatr, oftalmolog, LOR, stomatolog shifokorlari va tibbiyotning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha koʻrikdan oʻtishdi. Bolalar tibbiy analiz topshirib, maxsus jihozlar yordamida kerakli tekshiruvlardan oʻtkazildi.
Tibbiy koʻrikdan koʻzlangan asosiy maqsad kasalliklarni dastlabki bosqichlarida aniqlash, shuningdek, salomatlikni saqlash, sogʻlom turmush tarzining ahamiyati, oʻsayotgan organizmni mustahkamlashda sport va jismoniy faollikning ahamiyati mavzularida profilaktik suhbatlar tashkil etish edi.
Oilaviy bolalar uylari farzandlari ishtirokida bu kabi tadbirlar respublikamizning boshqa hududlarida ham oʻtkazilmoqda.