O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida “Oilaviy hayot ko‘nikmalari” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Unda viloyatda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uyi, Baxt shahridagi Respublika o‘g‘il bolalar ixtisoslashgan taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘zaro bellashdilar.
Unga ko‘ra, tarbiyalanuvchilar 3 ta jamoa yaʼni, “Barkamol avlod”, “Kitobxonlar”, “Sheryurak” jamoalari orqali ishtirok yetdi.
Tanlov shartlari: tanishuv, “Kim zukko” intellektual bellashuv, kundalik uy-ro‘zg‘or yumushlarini (oilaviy birgalikda - salat tayyorlash, qizlar - soch turmagi, o‘g‘il bolalar tugma qadash, kiyim taxlash) bajarish, ijodiy mavzu shartlari bo‘yicha bellashdilar.
Ko‘rik-tanlovda viloyatdagi barcha Oilaviy bolalar uyi aʼzolari, tutingan ota-onalar, Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya bataloni harbiy xizmatchilari, yoshlar masalalari bo‘yicha masʼullar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 300 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Ko‘rik-tanlov yakuni natijasiga ko‘ra, “Barkamol avlod” jamoasi “Eng zukko jamoa”, “Kitobxonlar” jamoasi esa “Eng ijodkor jamoa”, “Sheryurak” jamoasi “Eng faol jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Fahriy yorliq hamda tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.