Xiva shahar hokimi va jamoatchilik vakillari Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurib, bolajonlar holidan xabar oldi. Tashrif davomida mehmonlar bolajonlar bilan doʻstona suhbatlashdi va o‘qishi qanday ketayotgani, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari, maktabda va mahallada kimlar bilan do‘st ekanliklari haqida so‘radilar. O‘g‘il-qizlar do‘stlari, orzu va intilishlari haqida bajonidil so‘zlab berdi, shuningdek, ular qay sharoitda yashashlari, qayerda o‘ynashlari hamda darsxonalarini ko‘rsatdilar. Shu bilan bir qatorda, ota-onalar bilan ham suhbat tashkil etilib, unda hokim bolalar va ota-onalarni qoʻllab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini bildirdi. Xayrlashuv chogʻida mehmonlar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Kunning ikkinchi yarmida oila aʼzolari birgalikda markaziy shahar bog‘iga yo‘l oldi va u yerda barcha maʼdaniy hordiq chiqardi.