Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Viloyat FVB bilan hamkorlikda viloyatda tashkil etilgan 11 ta "Oilaviy bolalar uylari" va SOS Bolalar Mahallasi Urganch filialiga qarashli oilalarning qishki mavsumda isitish tizimi, gaz bilan taʼminlanganlik darajasi va elektor energiyasidan foydalanishda qo‘l bola isitgichlardan foydalanmaslik hamda yashash sharoitlari o‘rganildi.
Tadbir davomida aniqlangan kamchiliklar Xorazm viloyati FVB bilan hamkorlikda bartaraf etilib, hozirgi kunda "Oilaviy bolalar uylari" hamda SOS Bolalar Mahallasi Urganch filialiga qarashli oilalar bilan aloqa tizimi orqali kunlik xabar olish tizimi joriy qilingan.