O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgust kunidagi PQ-345-sonli qarori talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Xiva shahrida tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim bilan bandligi, shuningdek, darsdan tashqari vaqtda sport va fan to‘garaklariga jalb qilinganlik holatlari hamda madaniy va maishiy sharoitlariga alohida eʼtibor qaratilib, oila rahbarlariga kerakli tavsiyalar berildi.