O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Oilaviy bolalar uylari Milliy gvardiya eʼtibor markazida

21.9.2023 837

Avval xabar berganimizdek, oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirib mustaqil hayotga qadam qo‘ygan oilaviy bolalar uyi farzandlari va sobiq tarbiyalanuvchilar o‘qib, istiqomat qilayotgan talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida Milliy gvardiya Markaziy devoni masʼullari joylarga chiqib o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.

Mazkur jarayonlar mobaynida, Muhabbat Xoliqovaning farzandlari tort pishirishdi. Shu tariqa qizaloqlar o‘zining pazandalik mahoratini ko‘rsatish hamda Milliy gvardiyaning g‘amxo‘rligi, mehribonligi uchun minnatdorchilik bildirish istagini ro‘yobga chiqarishdi.

Ushbu xonadon muhiti o‘zgacha iliq munosabat va samimiy mehrga bezangan. Xoliqova Muhabbatning oila aʼzolariga aylangan qizaloqlar va Sardorning taʼkidlashicha barchasi onasining eʼtiboridan boshlangan. Muhabbat Shodiyevnani bolalar Termiz shahar 12- son Mehribonlik uyidanoq ona deb chaqirishni boshlashgan, u yerda Muhabbat Shodiyevna tarbiyachi bo‘lib ishlagan. Shu sabab tashkil qilingan oilaviy bolalar uyiga moslashish bolalarda oson kechdi. Bolalar tarbiyasi va ularga bergan mehri uchun M. Xoliqova ko‘krak nishoni va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. “Bolalarim mening omadim”, - deya 4 nafar farzandning onasi, bolalarining tartib – intizomi va o‘z ustida ishlashidan faxrlanishini taʼkidladi.

Ota-onalarning bola tarbiyasiga chin dildan yondashishi o‘z samarasini berganini Samarqandlik Sevinch misolida ko‘rishimiz mumkin. Usmonovlar oilasida tashkil qilingan oilaviy bolalar uyida Sevinchdan tashqari yana 6 nafar qizaloqlar tarbiyalanishadi. Iroda Baxramovna va Jamoliddin Kamolitdinovich, boshqa oilalar kabi ko‘p farzand va katta oilani orzu qilishgan. Lekin taqdir taqozosi bilan ular birgina o‘g‘il farzand ko‘rishgan. Shu sababdan 1-son Mehribonlik uyida ishlovchi Iroda Baxramovna turmush o‘rtog‘iga bola asrab olish taklifini berganda turmush o‘rtog‘i ham uni qo‘llab quvvatlagan.

Bu yil Usmonovlar oilasida katta bayram nishonlandi: ularning to‘ng‘ich qizi Sevinch Samarqand Davlat tibbiyot universitetiga talabalikka qabul qilindi.

Milliy gvardiya Markaziy devon vakillari ham Sevinchni tabriklab, aʼlo baholarga o‘qishini tilashdi. Bundan tashqari ishchi guruh endilikda Sevinch yashaydigan talabalar turar joyida barcha yashash sharoitlari mavjudligiga ishonch hosil qilish uchun ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek taʼlim muassasasi rahbarlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun kelishib olindi.