Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurilib, o`g`il-qizlarning yashash sharoitlari oʻrganilmoqda. Xususan, kuni kecha harbiy xizmatchilar va hokimiyat vakillari Peshku tumanida yashovchi Abdullayevlar xonadonida boʻldi.
Tashrif davomida mashgʻulot, yotoq hamda oʻyin xonalari koʻzdan kechirildi. Shuningdek, ota-ona va farzandlar bilan yakka hamda guruh shaklida suhbatlar oʻtkazildi. Suhbatning bu galgi mavzusi bolalarning oʻqishi, mahalla va maktabdagi doʻstlari bilan munosabatlari, boʻsh vaqtlaridagi mashgʻulotlari, kelajakdagi rejalari boʻldi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodning axloqiy va psixologik holatini, oʻqish jarayoni qay darajada oʻtayotganini, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan oʻsmirlarning tayyorgarlik darajasini oʻrganishga zamin yaratmoqda.