Kasalliklarni oldini olish va barvaqt aniqlash maqsadida Oilaviy uylar farzandlari va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etilmoqda.
Xususan, shu kunlarda poytaxtimizdagi Oilaviy uylar farzandlari, shuningdek, 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Koʻrik davomida bolalar bilan sogʻlom turmush tarzi, oʻzini chiniqtirish va jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati haqida suhbatlar oʻtkazildi.
Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalari, yomon odatlarning oʻsib borayotgan organizmga taʼsiri tushuntirildi.