O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Oilaviy uylar tarbiyalanuvchilari hamisha eʼtibor markazimizda!

22.8.2024 522

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, shaxsiy xavfsizlik bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot xizmati bo‘limi xodimi hamda inspektor-psixologlar viloyat bo‘ylab tashkil etilgan oilaviy uylarga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitini o‘rgandi.

Kun davomida:

Bolalarning taʼlim olishi, o‘ynashi, dam olishi va har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar;

Oilaviy uy tashkil etish to‘g‘risidagi tuman-shahar hokimlarining qarorlari mavjudligi;

Bolalar va oila aʼzolarining tibbiy ko‘rik natijalari;

Xonadonning sanitariya qoidalariga amal qilishi;

Bolalarning taʼlim olayotgan maskanlari hamda biriktirilgan inspektor-psixologlar bilan hamkorlik o‘rnatilganligi;

Ota-onalarning ish joyi, lavozimi hamda o‘quv-kurslarida o‘qiganlik sertifikatlari borligi;

yangi o‘quv yiliga tayyorligi, maktab uchun zaruriy o‘quv qurollari bilan taʼminlanganligi, mavsumiy kiyim- kechaklar borligi;

Bolalarga biriktirilgan hamshira va vrachlar bilan hamkorlik o‘rnatilganligi;

Isteʼmol qilinayotgan oziq-ovqatlar sifati va saqlanish sharoiti;

Bolalarning kompyuter, televizor va tezkor internet tarmog‘i bilan taʼminlanganligi;

Zaruriy dori vositalari hamda dori qutisining mavjudligi tekshirildi.

Bundan tashqari, bolalar bilan yakka tartibda va oila davrasida suhbatlar o‘tkazildi. Bolalarning muammo va takliflariga alohida eʼtibor qaratilib, oiladagi axloqiy-psixologik muhit hamda bolalar va o‘smirlarning ruhiy holati bo‘yicha xulosalar qilindi.

Uchrashuvlar yakunida ota-onalarga maslahatlar berilib, ularga bolalarga mustaqillikni o‘rgatish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va umuman, oilada ishonchli, do‘stona munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.