Sana munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlariga bayram tabrigi yuborildi.
Mazkur tabrik Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, harbiy xizmatchilar va Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻqib eshittirilib, bolajonlarga topshirildi.
Tabrikni eshitgan bolajonlar bu kabi sharoitlarni yaratib bergan yurtboshimizga, Milliy gvardiya qoʻmondonligiga va mutasaddi rahbarlariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Tabrik yakunida bolajonlarga esdalik sovgʻalari va bayram shirinligi ulashildi.