O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Oilaviy bolalar uylari farzandlari va ularning ota-onalarini bayram bilan tabriklashdi

28.6.2023 1017

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari boshqarma boshlig‘i Sh. Akbarov boshchiligida viloyatda tashkil etilgan oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurib, bolalar va ularning ota-onalarini muqaddas ayyom bilan tabriklashdi.

Shunday qilib, gvardiyachilar Farg‘ona tumanida yashovchi Valiyevlar hamda Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Raxmonovlarning xonadonlarida bo‘lishdi.

Bolalar mehmonlar tashrifi va ular bilan muloqotga kirishishdan xursand bo‘lishdi. Oila farzandlari mehmonlarga yozgi taʼtilni qanday o‘tkazayotganlari haqida gapirib berishdi. Valiyevlar oilasi farzandlari bo‘lsa chet tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida zavq bilan so‘zlab berdilar. Qizlar chet tilini bilash ularga yana bir ishda – tikish va bichish, kiyim dizayni sirlarini o‘rganish uchun ham qo‘l kelayotganini taʼkidlab o‘tishdi.

Chet tilini o‘zlashtirganliklari haqida Raxmonovlar oilasi farzandlari ham g‘urur bilan ayta oladilar. Rasm chizish sirlarini rassomlik to‘garaklarida o‘rgangan bo‘lsalar, chiroyli raqsga tushish sirlarini esa yana bir qiziqarli mashg‘ulot, raqs to‘garaklarida o‘rganganlar. Yigitlar esa futbol to‘garaklarida nimalarni o‘rganganliklarini namoyish qildi.

Suhbat davomida bolalar gvardiyachilardan harbiylik kasbida sportning o‘rni va qanday qilib vatan himoyachisi bo‘lish mumkinligiga qiziqishdi.