Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurishda davom etmoqda. Bu galgi manzil viloyat markazi – Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi Oilaviy bolalar uylari boʻldi.
Tashrif davomida bolalarning yashash sharoitlari, ta’til rejalari va shug‘ullanayotgan mashgʻulotlari o‘rganildi.
Ota-onalar bilan boʻlgan suhbat davomida mavjud muammolarga oydinlik kiritilib, ularni hal etish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Bolajonlar ham oʻz navbatida, orzulari hamda maqsadlari haqida soʻzlab berishdi.
Tashrif so‘ngida tashkilotchilar tomonidan yoshlarga badiiy kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.