Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixolog mutaxassislari tomonidan Quva va Qo‘shtepa tumanlarida istiqomat qiluvchi Aminov va Matmurodovlar oilasi farzandlari bilan psixologik ishlar amalga oshirildi.
Dastavval, chuqurlashtirilgan psixodiagnostika ishlari amalga oshirilib, natijalarga ko‘ra, bolalarda aniqlangan va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni bartaraf etish, psixokorreksion va psixoprofilaktik metodlar orqali ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar tashkillashtirildi. Shundan so‘ng, bolajonlarning xohish istaklari hamda ularning qiziqishlari o‘rganilib, ota-onalarga bu borada kerakli tavsiya va takliflar berildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarga jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ko‘maklashish, o‘tish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga yechim topish, tengdoshlari bilan muloqot qilish jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashdan iborat.