Buxoro viloyatida oliyjanob insonlarning tashabbusi bilan yana bir "Oilaviy bolalar uyi" faoliyati yo‘lga qo‘yilib, viloyat hududida ularning soni oltitaga yetdi. Shu maʼnoda, bolalarning tarbiyasiga yana ham masʼuliyatli bo‘lish hamda ularning kelgusi kasb tanlashi va ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Jamoat xavfsizligi Universitetining tajribali psixologlari tomonidan oilalarga tarbiyaga berilgan bolalarning ijtimoiy holatini o‘rganish bilan birga, doimiy ravishda psixoprofilaktik suhbatlar tashkil etilmoqda.