Joriy yilning 25 avgust kuni Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi o‘rinbosari viloyatdagi 4 ta Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi
Tashrif davomida har bir xonadonda tarbiyalanayotgan bolajonlar bilan dildan suhbatlashib, ularning kelgusidagi orzu istaklari bilan o‘rtoqlashdi va maktabni bitiruvchilar qaysi oliy taʼlim muassasalariga imtihon topshirganliklari, egallagan ballari, kelajakda qaysi sohani tanlaganliklari bilan qiziqib, bolajonlarga kasb tanlashga oid kerakli tavsiyalar berdi.
Shu bilan bir qatorda, masʼul xodimlar bilan birgalikda ushbu muassasadagi muammolarni hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda amalda hal qilish yuzasidan aniq chora tadbirlar belgilab olindi.