O‘quvchi-yoshlarning qishki taʼtil davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida, Buxoro viloyati hokimligi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan "Oilaviy bolalar uylari" tarbiyalanuvchilari ishtirokida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar ikki viloyatning diqqatga sazovor joylari, zamonaviy inshootlari, tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.