Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida yashovchi Mardonbek Shonazarovich va Dilfuza Farhodovnalarning oilaviy bolalar uyi farzandlari ota-ona, opa-singillari va aka-ukalar bilan sayohatga chiqishni orzu qilar edilar. Endi esa, bolalarning oila, oilaviy bayramlar va sayohatlar haqidagi orzulari ushalgach, sayohatga tayyorgarlik ko‘rishning butun jarayoni ularda quvonch uyg‘otdi, shu jumladan, sayohatning o‘zi ham. Kuni kecha ushbu totuv oila Xivaning tarixiy markazi – Ichanqalʼa qo‘rg‘oniga yo‘l oldi. Bolalar gidlarning hikoyalarini qiziqish bilan tingladilar, saqlanib qolgan binolar, bizgacha yetib kelgan ochiq osmon ostidagi muzey eksponatlari bilan qiziqdilar. O‘sha kuni oila aʼzolari “Lokomotiv” istirohat bog‘iga tashrif buyurib, maroqli hordiq chiqarishdi.