Maʼlumki, bugungi yoshlarni har tomonlama puxta bilim egallashi, zamonaviy kasb-hunar sirlarini chuqur o‘rganishi dolzarb ahamiyatga ega. Bu esa iqtisodiyot tarmoqlariga malakali kadrlar yetishtirib beruvchi muassasalar oldiga ham muhim vazifalarni qo‘yadi. Zamonaviy kasb – xunarga ega yoshlar mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchi hisoblanadi. Zero, mehnat bozoriga munosib kasb egalarini tayyorlash ham bugun ustuvor masala sanaladi.
Xususan, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mutaxassislari tomonidan yoshlarni kasb – hunarga o‘rgatish va katta hayotga munosib tayyorlash maqsadida "Oilaviy bollar uyi" va "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Oilaviy hayot ko‘nikmalari" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda jamoalar umumiy 5 ta: tanishtiruv, kim bilimdon, ro‘zg‘or ishlarida o‘zaro yordam, o‘z-o‘ziga xizmat va erkin mavzu shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra Termiz shahridagi 1 - sonli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.