Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri hamda Kitob tumanlarida yangitdan tashkil etilgan "Oilaviy bolalar uy"larida tarbiyalanayotgan 45 nafar o‘g‘il-qizlar lor, stomatolog, endokrinolog, ginekolog, nevropatolog hamda terapevt shifokorlari tomonidan tibbiy tekshiruvlar amalga oshirildi. Bu kabi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jarayonlarining tashkil etilishi, "Oilaviy bolalar uy"larida tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning har jihatdan sog‘lom va barkamol bo‘lib yetishishlari uchun xizmat qiladi.