Surxondaryo viloyati Prokuraturasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Sog‘likni saqlash, Xalq taʼlimi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmalari masʼullaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Termiz shahri va Denov tumanida tashkil etilgan “Oilaviy bolalar uyi”da tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning taʼlim-tarbiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
Mazkur tadbir davomida o‘g‘il-qizlarning holidan xabar olinib, oilalardagi mavjud muammolarini joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan bir qatorda, bolajonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, salomatligi nazoratga olindi.
Tashrif so‘nggida homiylarning turli esdalik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi.