O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizlik universiteti "Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahri, Namuna mahallasi, Binokor ko‘chasi 21 uyda joylashgan "Bolajonlar xonadonim quvonchi" nomli "Oilaviy bolalar uyi"dagi tarbiyaga olingan bolalarni yashash shart-sharoitlari, ota-ona, buvi-buva va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, farzandlarning oilaga moslashuv jarayonini o‘rganish maqsadida tashrif buyurildi.
Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan ota-onaga, farzandlarining qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga jalb qilishi, tarbiyalanuvchilarning temperament va xarakter xususiyatlari bo‘yicha pedagogik hamda psixologik tavsiyalar berildi.