O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni o‘rinbosarining Farmoyishiga asosan "Oilaviy bolalar uylari"ning ijtimoiy faoliyati bilan tanishish maqsadida respublika ishchi guruhi tashkil etildi.
Mazkur ishchi guruhi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida tashriflar amalga oshirilgan bo‘lib, joriy yilning 10-14 iyun kunlarida Buxoro viloyatida ham o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh aʼzolari tomonidan farzandlar uchun xonadonlarda yaratilgan shart-sharoitlar, ularning taʼlim-tarbiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Tashrif davomida, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni qiziqishi va qobilyatlariga qarab to‘garaklarga jalb qilinishi, ularning temperament va xarakter xususiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan pedagogik hamda psixologik ishlar o‘rganildi.
Uchrashuvlar yakunida, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammolarning hal etilishida Milliy gvardiya rahbariyatining har doim yordamga tayyor ekanligi eslatilib, rahbariyatning tashrif qog‘ozlari topshirildi.