Milliy gvardiya Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi vakillari Yozuvchilar uyushmasi a'zolari bilan birgalikda Farg'ona shahridagi Rahmonovlar oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurib, bolalar va ularning ota – onalarini eng qadrli, eng kutilgan bayram-O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan tabrikladilar.
Alohida ta'kidlash joizki, gvardiyachilar mezbonlarga O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonining bayram tabrigini o'qib eshittirishdi hamda ularga sog'liq va muvaffaqiyatlar tilagan holda kitoblar sovg'a qilishdi. Bolalar va ota-onalar yuksak e'tibordan juda mamnun bo'lishdi.