14-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar va Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida bolajonlar o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, qaysi to‘garak va sport mashgʻulotlariga borishlari, yozgi ta’tilni o‘tkazish rejalari haqida soʻzlab berdilar. Shahar hokimi bolalarning istak va mulohazalarini diqqat bilan tinglab, ularning xohishlarini amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.