O‘zbek tili bayrami bilan yurtdoshlarimizni tabriklaymiz! / / Sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida maʼlumot olish uchun Telegram-bot ishga tushirildi / / 1354 yilda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida hisobot / / Milliy gvardiya Ichki ishlar boshqarmasi bilan birgalikda sanitariya va ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda / / 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida tushuncha berildi // Respublikamiz bo‘ylab barcha viloyatlarda “Mehr daftari” tizimining ishlash tartibi va tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda // Milliy gvardiya va FVV yong‘in xavfsizlik xizmati xodimlari oilaviy bolalar uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirmoqda //Sogʻliqni saqlash-ustuvor vazifa: oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtadilar / / Buxoroda oilaviy bolalar uylardagi tarbiyalanuvchilar teatrga tashrif buyurishdi / / hududlarda mehr daftari tizimining tartibi va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv seminarlari davom etmoqda / / Oilaviy bolalar uylari farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi // 22 sonli “Mehribonlik” uyida “Avtomobilsiz kun: yo‘l harakati qoidalariga rioya qilamiz va ekologiyani asraymiz” nomli aksiya bo‘lib o‘tdi // Oliy Majlis senatori samarqandlik Raximovlar oilaviy bolalar uyida mehmon bo‘ldi //Toshkent 22-sonli “Mehribonlik” uyidagi har bir bola o‘ziga yarasha iqtidorli / / “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan parlament nazorati kuchaytirilmoqda 

Oliy Majlis senatori oilaviy bolalar uyida mehmon bo‘ldi

23.9.2023 339

Respublika Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisining yoshlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilorom G‘ofurjonovna Toshmuxammedova Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Taraqqiyot ko‘chasida istiqomat qiluvchi Rahimovlar oilaviy bolalar uyida mehmon bo‘ldi. Tashrif davomida mehmonlar besh nafar bolalarning yashash, o‘qish va dam olish sharoitlari bilan tanishdi hamda ularning qiziqishlari, orzulari haqida so‘rashdi. Bolalar o‘zlarining sevib mutolaa qiladigan kitoblari, qatnashadigan to‘garaklari, shuningdek, eng yaxshi ko‘rgan o‘qituvchilari haqida gapirib berishdi. Shundan so‘ng, chizgan rasmlari, yodlagan sheʼrlari va ashulalarini namoyish etishdi. Bolalar opasi Shabbonoy ishlagan qo‘l mehnati buyumlarini faxr bilan ko‘rsatishdi. Bir so‘z bilan aytganda, Dilorom G‘ofurjonova qizaloqning mehnatidan, shu bilan birga Rahimovlar oilasidagi ahil va iliq munosabatga boy muhitdan juda hayratlandi.