O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgust kunidagi 345-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylarida tarbiya topayotgan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni yashash sharoitini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Kamalovna Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Ismonxadjayevalar xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida xonadon sohiblari hamda bolajonlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, oʻgʻil-qizlarning yashash sharoiti, oiladagi muhit,ota-onasi bilan munosabati, shuningdek, ulardagi mavjud muammolar oʻrganildi.
Bolajonlar ham oʻz navbatida, mehmonlarga yod olgan sheʼriy parchalar hamda qiziqarli voqealarni soʻzlab berishdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.