Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Manzura Salimova Quva tumanidagi “Saxovat mehridaryo” va “Qalbim mehrlari” Oilaviy bolalar uylarida bo‘ldi. Tashrif davomida senator tomonidan yashash sharoitlar o‘rganilib, bolalar va ota-onalar bilan suhbat o‘tkazildi. Xayrlashuv soʻngida, senator mavjud muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishga doim tayyor ekanligini ta’kidladi.