O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan Oilaviy bolalar uylarining ijtimoiy faoliyati bilan tanishish maqsadida respublika ishchi guruhi tashkil etildi.
Mazkur ishchi guruh tomonidan respublikamizning barcha hududlariga tashriflar amalga oshirilib, joriy yilning 15-17- may kunlari Buxoro viloyatida ham o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida farzandlar uchun xonadonlarda yaratilgan shart-sharoitlar, ularning taʼlim-tarbiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, oʻgʻil-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni qiziqishi va qobiliyatlariga qarab to‘garaklarga jalb qilish,temperament va xarakter xususiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan pedagogik hamda psixologik ishlar o‘rganildi.
Uchrashuv yakunida, mehmonlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammolarni hal etishda yordamga tayyor ekanliklarini taʼkidlashdi.