Senat ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida faoliyati yo`lga qo`yilgan Oilaviy bolalar uylarini o‘rganmoqda.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan bolalarning yashash sharoiti belgilangan me’yorlarga muvofiqligi tekshirilib, ularning ta’lim sifati, oilalarda farzand tarbiyasi jarayonlari qanday ketayotganligi o‘rganildi.
Suhbat davomida bolalar bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazishlari, qaysi to'garak va sport seksiyalariga qatnayotganliklari aniqlandi.
Tadbir yakunida ota-onalarga pedagogik-psixologik ishlar bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berildi.