Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Kamalovna oila muhitida tarbiya topayotgan, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni yashash sharoitini oʻrganish maqsadida Termiz tumanida istiqomat qiluvchi Suyundiqovalar xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida xonadon sohiblari hamda bolajonlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, suhbat davomida oʻgʻil-qizlarning yashash sharoiti, oiladagi muhit,ota-onasi bilan munosabati, shuningdek, ulardagi mavjud muammolar oʻrganildi. Bolajonlar ham oʻz navbatida, mehmonlarga yod olgan sheʼriy parchalar hamda qiziqarli voqealarni soʻzlab berishdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan badiiy kitoblar jamlanmasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.