Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi Xusenovlar oilasi xalqimizga xos bo‘lgan xayrli ishga qo‘r urib, 6 nafar o‘g‘il qizni o‘z qaramog‘iga oldi. Viloyatdagi 1- sonli Mehribonlik uyining 6 nafar tarbiyalanuvchilari endi mazkur oila bag‘rida ulg‘ayadi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashaydigan Gadoyevlar oilasi ham Bolalar shaharchasidan 5 nafar tarbiyalanuvchilarni o‘z oila aʼzosi sifatida qabul qildi. Bu kabi keng ko‘lamli ezgu ishlar respublika miqyosida davom etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy qilingan yangi tizim bo‘yicha Samarqand viloyatida 17 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oila sharoitiga va 24 nafar bolajonlar o‘z ota–onasi bag‘riga qaytarilgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatgichlar soni 20 nafarni ko‘rsatmoqda.