Andijon viloyati Muhammad Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabida yoshlarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini oshirish maqsadida "Turon yoʻlbarslari" musobaqasi tashkil etildi. Unda oʻquvchilar bir necha jismoniy va amaliy koʻnikmalarda oʻz mahoratini koʻrsatishdi. Tanlovda ishtirokchilar safda yurish, kamondan otish, turnikda tortilish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va boshqa mashqlarda bellashdilar.
Tanlov barcha ishtirokchilar uchun sinov boʻlib, ularning jismoniy tayyorgarligini, psixologik barqarorligini va birgalikda ishlash qobiliyatlarini mustahkamladi.
Asosiy maqsad yoshlarning Vatanga boʻlgan muhabbatini kuchaytirish, harbiy tayyorgarliklarini oshirish va mustahkam jismoniy holatga ega boʻlishlarini taʼminlashga qaratilgan.