O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Qoraqalpog‘istonda Mehribonlik uyining uch nafar sobiq bitiruvchilariga xonadon kalitlari topshirildi.

14.6.2023 848

Maʼlumot uсhun: Utemuratov Qo‘shqarbay 29 yoshda, Aytuganov Janibek bu yil 26 yoshga to‘ladi, Alpisbayeva Ziyuar boʻlsa 25 yoshda. Ular 1-sonli Mehribonlik uyining sobiq bitiruvchilari. Qo‘shqarbay 2010-yilda 18 yoshga toʻlganidan soʻng ta’lim muassasasini tark etgan, oradan ikki yil o‘tib Janibek va Ziyuar ham mazkur Mehribonlik uyini tamomlagan.
Sobiq bitiruvchilar bir shaharda – Nukusda istiqomat qilishsada, koʻrishib turishga hech imkoni boʻlmas edi. Har zamonda uchrashib qolishsa, birinchi navbatda bir-birlariga bir savol berishardi: xonadon bilan taʼminlanish haqida yangilik bormi?
Ularning har biri Mehribonlik uyi bitiruvchisi sifatida uy-joy olish huquqiga ega edi. Shu kunga qadar ular imkon qadar turli, og`ir sharoitlarda yashab kelgan. Asosan, arzonroq, shart-sharoiti boʻlmagan xonadonlarni ijaraga olishgan.
Milliy gvardiya hamda mahalliy hokimlik vakillari tomonidan Qo‘shqarbay, Janibek va Ziyuarlarning yashash sharoiti oʻrganilib, 30 yoshgacha bo‘lgan, uy-joy bilan ta’minlanmagan, sobiq bitiruvchilar roʻyxatiga kiritildi.
Hamkorlikdagi ishlar samarasida kuni kecha uch qahramonimiz oʻz xonadoniga ega boʻldi. Milliy gvardiya, hokimiyat hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida barcha qulayliklarga ega, shinam, uy jihozlari hamda maishiy texnika bilan jihozlangan xonadon kalitlari topshirildi.