Yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarining 2-mavsum faoliyatlari shiddat bilan o‘tmoqda. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul vakillari tashabbusi bilan viloyat bo‘ylab tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarining 7-14 yosh tarkibidagi tarbiyalanuvchilarining yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarda dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bolalarning madaniy dam olib, o‘z bilimlari va qobiliyatlari ustida ishlashlari uchun aql-zakovat va kuch mashqlariga mo‘ljallangan sport o‘yinlari hamda maʼnaviy bilim-ko‘nikmalarini yuksaltirishga qaratilgan turli madaniy tadbirlar tashkil etish dasturi bo‘yicha kunlik rejalar tuzilgan. Oltiariq sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolalar uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida Vatanparvarlik tadbiri o‘tkazilib, "Sport kuni" munosabati bilan sportning turli yo‘nalishlarida musobaqalar tashkillashtirildi.
Oromgohlardagi to‘g‘ri tashkillangan jarayonlar natijasida bolalar maroqli dam olmoqdalar.