Bugun “Yosh astronom” oromgohida “Sport va salomatlik kuni” doirasida Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Qurolli chiqishlar, jismoniy tayyorgarlik namoyishlari va harbiy texnikalar bilan tanishtiruv bolalarda katta taassurot qoldirdi.
Bolajonlar Vatanga muhabbat, harbiy kasblarga qiziqish va sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini yanada his qilib, mardlik va jasorat namunalari bo’lgan harbiylar bilan sport mashg’ulotlarida birgalikda ishtiroj etdilar.