Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan “Qiziltepa va Tabassum ” bolalar oromgohlarida yoshlar va harbiylar ishtirokida vatanparvarlik ruhida tashkil etilgan “Harbiylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyatdagi kuch tuzilmalari hamkorligida o‘tkazildi.
Uchrashuv doirasida “Harbiylashtirilgan estafeta” sport musobaqasi tashkil etilib, ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, epchillik, shijoat va jamoaviylik bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga qiziqishni oshirish va Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbirda oromgohlarda dam oluvchi 240 nafar bolajonlar hamda oilaviy bolalar uylarining 3 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.a