Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari bugun oilaviy bolalar uylari, vasiylik va homiylik ostida voyaga yetayotgan farzandlarga yanada eʼtiborni kuchaytirmoqda. Kuni kecha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Termiz tumanidagi 2-sonli oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi.
Oliy taʼlimga tayyorlanayotgan abituriyent tarbiyalanuvchilar bilan mustaqil hayotga chiqish oldidan oʻziga boʻlgan ishonchini hamda toʻgʻri maqsadni belgilashni shakllantiruvchi, istakni boshqarish, shaxsiy orzularni bilish boʻyicha “Men oʻzim”, “Orzu va maqsad” mavzularida psixologik treninglar oʻtkazildi. Oʻtkazilgan psixologik treningdan koʻzlangan maqsad ijobiy hissiy muhitni yaratish, tarbiyalanuvchilarda ideal “MEN” tushunchasini shakllantirish, shaxsiy resurslarni tushuntirishdan iborat boʻldi.a topshiriqlar berildi.
Shuningdek, rahbarlarning roli, masʼuliyati va majburiyati hamda Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarining ushbu yo‘nalishdagi vazifalari qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.