1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Buxoro tuman hokimi Xayrillo Jo‘rayev Buxoro tumani “Zarmanoq” mahallasidagi “Behbutovlar” oilasi xonadoniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, bolajonlarni bayram bilan samimiy qutlab, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.
Taʼkidlash joizki, mazkur oila aʼzosi Aziza Jo‘raqulova ko‘pdan buyon tikuvchilikka qiziqib, o‘zida ham tikuv mashinkasi bo‘lishini orzu qilar edi. Bugun esa, tuman hokimining tashabbusi bilan, bizning qahramonimizga o‘z orzusidagi tikuv mashinkasi sovg‘a qilindi.
"Men uchun bayram kunidagi eng ajoyib tuhfa bo‘ldi, bu esa albatta tiyeuvchilik kasbini mukammal egallashimda menga juda katta yordam beradi. Bu uchun, tuman hokimligiga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. O‘zim uchun maqsad qildim, ushbu tikuv mashinkasi bilan birinchi navbatda tuman hokimi, Xayrillo Jo‘rayevga ajoyib ko‘ylak tikib bermoqchiman.",- deydi, Aziza Jo‘raqulova.