Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi Oilaviy bolalar uylari farzandlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga sayohati tashkillashtirildi.
Muzeyning maxsus ekspozitsiyasida deyarli barcha markazlarning zargarlik sanʼati namunalari keng namoyish etilganligi, zargarlik taqinchoqlari, shakl jihatidan oʻziga xos Xorazm zargarlik buyumlari, Samarqand, Toshkent, Fargʻona zargarlarining betakror sanʼat asarlari qizlarni oʻziga rom etdi.
IX asrga tegishli Movarounnahr shaharlarida sirlangan sopol idishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Sayohat davomida yoshlar o‘tmishimiz haqida chuqurroq bilim va taassurotga ega bo‘ldilar.
Bu kabi tadbirlarning muntazam oʻtkazilishi yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.