Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi 32-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari hamda Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun “Vatanparvarlar bog‘i”ga ekskursiya tashkil etildi.
Tadbir avvalida bolajonlar va harbiylar Motamsaro ona poyiga gul qo‘yishdi. Shundan soʻng, tinchlik va baxtli kelajak uchun kurashgan qahramonlar haqida hikoyalar tinglandi.