Joriy yilning 22 sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi qizlarni oilaviy muhitga tayyorlash maqsadida "Pazandalar bellashuvi" o‘tkazildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar tomonidan bir qator tansiq taomlar, shirinliklar tayyorlandi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida malakali psixologlar tomonidan “Oila muqaddas” mavzusida ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati tashkil etilib, psixologik treninglar o‘tkazildi.