O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan joriy yilning 17-18 dekabr kunlari Samarqand viloyatida joylashgan Bolalar uyida o‘rganish ishlari olib borildi. 1984 yil tashkil topgan ushbu muassasa 60 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 49 nafar bola tarbiyalanmoqda. O‘rganish davomida mutaxassislar muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan zarur sharoitlar bilan tanishishdi hamda pedagogika va psixologiya yo‘nalishida metodik tavsiyalar berishdi.