Joriy yilning 14 sentyabr kuni Toshkent shahar "Barkamol avlod" tashabbusi bilan tashkil etilgan rassomchilik va mayda plastika to‘garagida 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
To‘garak davomida har bir ishtirokchining qiziqishidan kelib chiqqan holda, murabbiylar tomonidan tasviriy sanʼat hamda kulolchilikning sir-asrorlari o‘rgatildi.
Mashg‘ulotlardan bolajonlarning quvonchi cheksiz. Ular ustozining har bir so‘zlarini qunt bilan tinglab, tasavvurlarida namoyon bo‘lgan suratlarni rang-barang bo‘yoqlar bilan oq qog‘ozga tushirmoqda.
Bolakay jajji qo‘llariga mo‘yqalam ushlab tabiat manzaralarini tasvirlayotganini kuzatar ekanmiz, beixtiyor qalbimizda faxr tuyg‘usi jo‘sh urdi.
Bolaligidanoq ona tabiatga bo‘lgan muhabbatini ifodalashga harakat qilayotgan yosh avloddan kelajakda albatta, buyuk bobokalonlarimiz kabi komil inson yetishib chiqishiga ishonamiz.